«paxtachi tumani» tegli maqolalar


Samarqandda gaz quyish shoxobchasidagi portlash oqibatida 1 kishi jarohatlandi
10 may 2023, 09:27

Samarqandda gaz quyish shoxobchasidagi portlash oqibatida 1 kishi jarohatlandi

Paxtachi tumanidagi avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida texnika xavfsizligi qoidalari buzilishi oqibatida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa tufayli, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3 ta Isuzu yonib zararlandi, 1 kishi jarohat oldi.

Samarqand viloyatida 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi
15 noyabr 2022, 20:27

Samarqand viloyatida 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi

Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi. Bu ikki kun ichida to‘rtinchi yer osti silkinishi.

Samarqandda ommaviy janjal uyushtirmoqchi bo‘lgan 16 nafar shaxs ushlandi
29 may 2022, 12:04

Samarqandda ommaviy janjal uyushtirmoqchi bo‘lgan 16 nafar shaxs ushlandi

Samarqand viloyati IIB xodimlari Paxtachi tumanida 2 guruh o‘rtasidagi ommaviy janjalning oldi olinganini ma’lum qildi. Tezkor tadbirda 16 nafar shaxs qo‘lga olinib, ularga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Samarqandda bog‘chadan go‘shtni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
17 oktabr 2021, 11:56

Samarqandda bog‘chadan go‘shtni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi bog‘chada oshpaz va xo‘jalik ishlari mudiri go‘sht o‘g‘irlayotganda ushlandi. Ular bu ishni direktorning topshirig‘i bilan qilganini aytmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqandda signal chalgan haydovchining avtomobilini jarima maydonchasiga qo‘ydirgan IIB rahbarlariga chora ko‘rildi
18 may 2021, 09:50

Samarqandda signal chalgan haydovchining avtomobilini jarima maydonchasiga qo‘ydirgan IIB rahbarlariga chora ko‘rildi

Samarqand viloyatida tuman IIB boshlig‘iga signal chalgan haydovchining mashinasi jarima maydonchasiga joylanishi yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Unga ko‘ra, Paxtachi tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori M.Tog‘ayevga hayfsan, YPX inspektori safdor F.Haitovga tanbeh intizomiy jazosi berildi. Tuman IIB boshlig‘ining harakatlari esa «Intizomiy kengash»da ko‘rib chiqiladi.

Paxtachi tumanida fizika-matematikaga ixtisoslashgan maktab tashkil etiladi
21 aprel 2021, 14:09

Paxtachi tumanida fizika-matematikaga ixtisoslashgan maktab tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan haftada Samarqandga tashrifi chog‘ida Paxtachi tumanida fizika-matematikaga ixtisoslashgan maktab tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov mazkur tumanga borib, mavjud imkoniyatlarni o‘rgandi. Maktab sobiq Paxtachi avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kolleji o‘rnida tashkil etiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting